
Xamzat Chimaev: "Konor MakGregorni hurmat qilaman, biroq..."
Xamzat Chimaev Konor Makgregorning Habibga qarshi jang uchun tayyorgarlik ko‘rishda yordam berganligi haqidagi xabarga o‘z munosabatini bildirdi.
"Bu yolg‘on! Konorga chechenistonlik sparring- raqib kerak bo‘lgandi va buni internetda e’lon qilishgan. Menga qo‘ng‘iroq qilib, uni urishimni so‘rashgan. Aslida, bu men xohlagan ish edi. Ammo Habibga qarshi jang uchun tayyorgarlik haqida gap bo‘lmagandi. Agar, MakGregor jang qilishni istasa, men hozir ham uni urishni xohlayman. Albatta, Konorning erishgan yutuqlarini hurmat qilaman, biroq u tilini tiymaydi",- deya izoh berdi Chimaev.
Fikrlar