Xamzat Chimaev: "Oktagonda hamma undan qo‘rqadi"

  • 26.10.2024 09:10
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

Chechenistonlik jangchi Xamzat Chimaev MMA dagi sevimli sportchisi kimligini aytdi.

"Aralash yakkakurashlardagi eng yoqtirgan sportchim - Jon Jons. Menimcha, u bo‘lajak bahsda Stipe Miochichni mag‘lub etadi. Jonga qarshi oktagonga kirgan har qanday jangchida qo‘rquv bo‘ladi, chunki u haqiqiy yirtqich", - dedi Chimaev "Eye Podcast" You Tube kanaliga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, 16 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan "UFC 308" turnirida Jon Jons (27-1-1 N/C) Stipe Miochich(20-4)ga qarshi jang qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!