Hamzat Chimaevda qotil instinkti bor(mi?)

  • 17.04.2026 13:43
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

UFC sobiq chempioni Merab Dvalishvili o‘rta vazn toifasidagi amaldagi chempion Hamzat Chimaev haqida gapirdi.

"Chimaev - haqiqiy yirtqich. U nihoyatda kuchli. Hamzatda qotil instinkti bor. U har doim oxirigacha kurashadi. Isboti sifatida Dyu Plessiga qarshi jangni olaylik. Chechen uni hech qanday kuch sarflamasdan yiqitib, parterda osonlikcha ushlab turdi. Ochig‘i, Hamzatning bu darajada aql bilan ishlaganidan hayratdaman", – dedi gruziyalik "Mighty" You Tube kanaliga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, 10 may kuni "UFC 328" turnirida Chimaev chempionlik kamarini amerikalik Shon Striklendga qarshi himoya qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!