
"Xanchjou-2022": Abdumalik Xalakovdan super jang va ishonchli g‘alaba!
Osiyo o‘yinlarida -57 kg vazn toifasida ringga ko‘tariladigan, ta’bir joiz bo‘lsa, turnirning g‘olibligiga asosiy da’vogar vakilimiz Abdumalik Halakov ham musobaqada o‘z yurishini boshladi.
Yurtdoshimiz Xitoy Taypeyi vakili Cheng Vei Liga qarshi ringga ko‘tarildi. Albatta, ushbu jangda yaqqol favorit sanalgan Xalakov o‘ziga bildirilgan ishonchni oqlagan holda, katta ustunlik bilan g‘alaba qozondi. Yakuniy hisob 5:0 ko‘rinish oldi.
Hamyurtimiz keyingi bosqichda Vetnam vakili Van Nguenga qarshi bahs yuritadi. Shu tariqa bugungi kungi dasturdan o‘rin olgan bokschilarimizning chiqishi o‘z yakuniga etdi.
Fikrlar