
Xanchjou-2022: Bugun 7 ta medal qo‘lga kiritildi, shundan 3 tasi oltin!
Assalomu Alaykum qadrli sport ishqibozlari. Osiyo o‘yinlari musobaqasining navbatdagi kuniga start beramiz. Bugun, bir nechta hamyurtlarimiz yurtimiz sharafini xalqaro arenalarda himoya qiladi. Bugungi kun tartibidan o‘rin egallagan sportchilarimizning chiqish vaqtlari bilan tanishing.
Sizga qulay bo‘lishi uchun, yangiliklar avtomatik ravishda shu xabar ostida berib boriladi. Shunchaki, uni yangilab tursangiz bo‘lgani! Kun davomida atletlarimizga omad yor bo‘lishini tilab qolamiz.
6:42. Olga Zageliskaya o‘z chiqishlarini boshladi va muvaffaqiyatli davom ettirmoqda
6:51. Kunni oltin medal bilan boshladik. Olga Zabelinskaya individual veloshosse poygasini 24:35.9 vaqt bilan 14 nafar sportchi orasida oltin medalni qo‘lga kiritdi!
7:45. Konaeda eshkak eshuvchi yigitlarimiz jufligi final yo‘llanmasiga ega chiqmoqda! Oldinda finl!
7:55. Xanchjou-2022: Kanoechilarimizdan oltin medal!
O‘zbekiston delegatsiyasida bugungi kun hisobidan ikkinchi oltin medal. 1000 metrga kanoechi yigitlar o‘rtasida kechgan poygada Shohmurod Xolmurodov hamda Nurislom To‘xtasin o‘g‘li juftligi marra chizig‘ini birinchi bo‘lib kesib o‘tdi va oltin medalga sazovor bo‘lishdi.
8:05. Baydarkada eshkak eshish bo‘yicha final bahslarida ishtirok etgan hamyurtlarimiz finalda 29.939 soniya natija qayd etib medallardan quruq qoldi.
Ayni damda medallar jamg‘armasi bo‘yicha umumiy hisobda yana beshinchi o‘ringa qaytdik!
08:50. Qizlarimiz bronzo medallarga ega chiqishdi!
Baydarkada eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasidan yana bir medal. 500 metrga kechgan dasturda Shahrizoda Mavlonova, Arina Tanatmisheva, Ekaterina Shubina hamda Yuliya Borzova kvarteti marra chizig‘ini uchinchi bo‘lib kesib o‘tdi.
08:49. Sherzodova, Zokirova juftligi Osiyo o‘yinlari sovrindori!
Baydarka va kanoeda eshkak eshish baslarining so‘nggi starti O‘zbekiston terma jamoasi uchun omadli kechdi. Unda ayollar o‘rtasida 200 metrga kanoeda eshkak eshish bo‘yicha juftlik bahslari bo‘lib o‘tdi. Mazkur dasturda startga chiqqan Shohsanam Sherzodova va Nilufar Zokirova juftligi bronza medalini qo‘lga kiritdi.
09:20. Sportcha alpinizm. Asal Ismoilova ishtirokini yakunladi. 18 nafar sportchi orasida 15 o‘rinni band qilgan hamyurtimiz finalga chiqa olmadi.
10:15. Gimnastikaning Tromplin yo‘nalishida hamyurtimiz Mirshohid Husaynboev o‘z ishtirokini boshlamoqda.
Baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo o‘yinlarini yuqori notada yakunladi. Musobaqa davomida sportchilarimiz 1 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza, jami 6 ta medal bilan umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi. So‘nggi startlarda bronza medallariga sazovor bo‘lgan qizlarimizning ishtiroki va taqdirlash marosimidan yorqin suratlarni tomosha qiling.
11:30. Nigina O‘ktamova KXDR vakillasiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. U musobaqaning bronza medallariga ega chiqdi.
11:42. Suvga sakrash bahslarida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Vyacheslav Kachanov va Igor Myalin saralashda muvaffaqiyatli ishtirok etdi va final bellashuvlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.
11:45. Kamondan otish dasturida esa hamyurtimiz Amirxon Sodiqov chorak finalda Janubiy Koreya terma jamoasi a’zosiga qarshi bahsda 2:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
12:15. Trampolinda sakrash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Mirshohid Hasanboev Osiyo o‘yinlarining finaliga yo‘l oldi. Hamyurtimiz saralashda 56.400 ball jamg‘arib, beshinchi natija bilan hal qiluvchi bosqichga o‘tdi. Endi u birozdan so‘ng medallar uchun kurash olib boradi.
12:33. Velosportning shosse yo‘nalishida bahslarda qatnashgan hamyurtimiz Aleksey Fomovskiy 51:05.75 natija qayd etdi va yakunda 6-o‘rinni band etdi.
12:48. Bokschimiz Hasanboy Do‘smatov yarim final yo‘llanmasi uchun pokistonlik raqibiga qarshi ringga ko‘tarilmoqda.
13:08. Boks bo‘yicha Rio-2016 Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do‘smatov g‘alabali yurishini davom ettirmoqda. -51 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan hamyurtimiz chorak finalda pokistonlik Zohayb Rashidni musobaqadan chiqarib yubordi. Ushbu natija orqali Do‘smatov musobaqa medalini naqd qildi. Endi u final uchun yaponiyalik Tomoya Tsuboiga qarshi jang qiladi.
13:56. Kamondan otish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Amirxon Sodiqov Osiyo o‘yinlaridagi ishtirokini tugatdi. Chorak finalda janubiy koreyalik Vuseok Li bilan bahs olib borgan hamyurtimiz 2:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.
14:40. O‘zbekiston ayollar terma jamoasining Osiyo o‘yinlari yarim finalidan o‘rin olgan KXDRga qarshi uchrashuv uchun boshlang‘ich tarkibi e’lon qilindi. Uchrashuv 15:00 da start oladi:
16:00. Trampolinchimiz Mirshohid Hasanboevning finaldagi ishtiroki yakunlandi. Jahon chempionati g‘olib va sovrindorlari bilan bahs olib borgan yurtdoshimizning chiqishini hakamlar 53.220 ball bilan baholashdi. Ushbu natija orqali sportchimiz musobaqani to‘rtinchi pog‘onada yakunladi.
16:45. Boks bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi a’zosi Abdumalik Xalokov yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. -57 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan hamyurtimiz chorak finalda Tokio-2020 Olimpiadasi finalchisi filippinlik Karlo Palamni musobaqadan chiqarib yubordi va o‘zi uchun shohsupadan joy naqd qildi.
17:00. Hozirgina Osiyo o‘yinlarining ayollar futboli musobaqasida yarim final uchrashuvi yakunlandi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi Shimoliy Koreyaga qarshi bahs olib bordi va 0:8 hisobida imkoniyatni boy berdi.
O‘zbekiston 0:8 KXDR
Gollar: Hong Songok 9, Kim Kyong-Yong 18, 47, 63, 83, 90+2, An Myongsong 45 +2, Ri Hae-Yon 50
17:39. Engil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Safina Sadullaeva hamda Svetlana Radzivil balandlikka sakrash dasturida medallar uchun kurash olib borishdi. Quvonarlisi, oltin va kumush medallar har ikki yurtdoshimizga nasib etdi.
Sadullaeva oltin, Radzivil esa kumush medal sohibiga aylandi. Kuchli uchlikni qozog‘istonlik Nadejda Dubovitskaya yakunlab berdi. E’tiborlisi, g‘olib va sovrindorlar bir xil 1.86 metr natija qayd etishgan. Shohsupdagi o‘rinlar urinishlar soniga qarab taqsimlandi.
18:18. Bahodir Jalolovning xitoylik bokschiga qarshi jangi boshlandi.
18:21. Hamyurtimiz Xitoy vakili ustidan muddatidan avval g‘alaba qozondi!
18:25. Osiyo o‘yinlarining finaliga yo‘l olgan bokschimiz Bahodir Jalolov yarim finaldagi g‘alabasi orqali Parij-2024 XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlariga ham yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Bu Jalolov uchun faoliyatidagi uchinchi Olimpiada yo‘llanmasi!
Bugun Xanchjouda o‘tayotgan XIX Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kuni ham ortda qoldi. Shu kuni o‘zbekistonlik sportchilar 3 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza, jami 7 ta medalga sazovor bo‘lishdi.
Oltin
Shohmurod Xolmurodov, Nurislom To‘xtasin o‘g‘li – kanoeda eshkak eshish
Olga Zabelinskaya – velosport
Safina Sa’dullaeva – engil atletika
Kumush
Svetlana Razdivil – engil atletika
Bronza
Shahrizoda Mavlonova, Arina Tanatmisheva, Ekaterina Shubina, Yuliya Borzova - baydarkada eshkak eshish
Shohsanam Sherzodova va Nilufar Zokirova - kanoeda eshkak eshish
Nigina O‘ktamova – boks
Shu tariqa O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 50 taga etdi. Shundan 14 tasi kumush, 15 tasi kumush va 21 tasi bronza medallaridir. Delegatsiyamiz umumjamoa hisobida hozircha kuchli beshlikda bormoqda.
Fikrlar