Xanchjou-2022. O‘zbekiston U-23 terma jamoasi yarim finalda Janubiy Koreya bilan o‘ynaydi. Ikkinchi juftlik ham ma’lum! (Foto)
Xitoyning Xanchjou shahrida Osiyo o‘yinlari davom etmoqda.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi yarim finalga yo‘l olganidan xabaringiz bor. Jamoamizga ushbu bosqichda Janubiy Koreya termasi raqiblik qiladi. Ushbu bellashuv 4 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan 17:00 da start oladi.
"Osiyo yo‘lbarslari" chorak finalda mezbon Xitoyni 0:2 hisobida taslim qildi. Yarim finalning yana bir bahsi Gongkong va Yaponiya terma jamoalari o‘rtasida kechadi.




Fikrlar