
"Xanchjou-2022": Zaynab Dayibekova yarim finalda!
Bayroqdorimiz Zaynab Dayibekova Osiyo o‘yinlarining yarim finaliga yo‘l oldi.
Qilichbozlikning sablya dasturida ishtirok etayotgan sportchimiz 1/8 finalda yaponiyalik Shihomi Fukushimani 15:12, chorak finalda esa xitoylik Xengyu Yangni 15:12 hisobida mag‘lubiyatga uchratishga muvaffaq bo‘ldi. Eslatib o‘tamiz, yarim final ishtirokchilari o‘zlari uchun bronza medalini kafolatlab qo‘yishadi.
Fikrlar