Hans-Diter Flik La Liganing o‘tgan mavsumidagi eng yaxshi murabbiy deb topildi. Rafinya va Yamal esa...
Dubay shahrida bo‘lib o‘tayotgan "Globe Soccer Awards" marosimida "Barselona" bosh murabbiyi Hans-Diter Flik La Liganing o‘tgan mavsumidagi eng yaxshi murabbiyi sifatida e’tirof etildi.
Kataloniya jamoasi vingeri Rafinya o‘tgan mavsumning eng yaxshi futbolchisi mukofotini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, "Barselona" futbolchisi Lamin Yamal yilning eng yaxshi yosh o‘yinchisi deb topildi.
Ispaniya chempionatidagi o‘tgan mavsumning eng yaxshi seyvi uchun mukofot esa madriddning "Atletiko" klubi darvozaboni Yan Oblakka nasib etdi.



Fikrlar