
Xarri Keyn: "Liverpul" yutib bo‘lmas jamoa emas
“Tottenxem” klubi forvardi Xarri Keyn bugun APLning 10-turidan o‘rin olgan “Liverpul”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yindan oldin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Bizni og‘ir o‘yin kutmoqda. Biz bugun shunchaki bor e’tiborimizni o‘z o‘yinimizga qaratib, xuddi “Tsrvena Zvezda”ga (5:0) qarshi ko‘rsatgan o‘yinimizni qilishimiz kerak.
Bunday o‘yinlarda kuch, fidoyilik birinchi o‘ringa chiqadi va kim g‘olib bo‘lishni xohlasa, maydonda ko‘proq mehnat qiladi.
“Liverpul” yutib bo‘lmas jamoa emas. Istalgan jamoani yutsa bo‘ladi va biz buni bugungi o‘yinda ko‘rsatishga harakat qilishimiz kerak”, - deydi Keyn.
Eslatib o‘tamiz, “Liverpul” – “Tottenxem” uchrashuvi bugun 21:30 da boshlanadi.
Fikrlar