Xarri Keyn "Liverpul"ga qarshi bahsda ishtirok eta oladi

  • 21.05.2019 10:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning "Tottenxem" klubi forvardi Xarri Keyn "Liverpul"ga qarshi bo‘lib o‘tadigan Chempionlar ligasi finalida ishtirok etishi mumkin. Bu haqda London Evening Standard nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “shporlar” to‘purari to‘pig‘idan olgan jarohatidan kutilganidek tezroq sog‘aymoqda.

Eslatib o‘tamiz, "Tottenxem" - "Liverpul" uchrashuvi 1 iyun kuni Madriddagi "Vanda Metropolitano" stadionida bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, Xarri Keyn joriy mavsum “Tottenxem” safida jami 39ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 24ta gol hamda 6ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!