Xarri Keyn uchun kurashadigan 2 ta grand klub nomi ma’lum

  • 5 aprel, 2020, 15:04
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Tottenxem" klubi forvardi Xarri Keyn uchun "Real" Madrid va "Manchester Siti" klublari asosiy da’vogar sifatida e’tirof etilishmoqda.

Tecno

Express nashrining yozishicha, “qirollik klubi” ham, “shaharliklar” ham 26 yoshli ingliz futbolchisini mavsumlar oralig‘ida o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. Xarrining transferi esa ushbu klublarga 180 mln evroga tushishi mumkin. Futbolchining o‘zi ham “shporlar” bilan sovrin yuta olishiga ishonmayapti va shu bois boshqa jamoaga o‘tishga qarshi emas.

Xarri Keyn joriy mavsum “Tottenxem” safida 25 ta o‘yinda maydonga tushdi va 17 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi. Uning londonliklar bilan amaldagi shartnomasi esa 2024 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!