
Xarri Keyndan yana bir ajoyib natija!
"Tottenxem" futbolchisi Xarri Keyn kecha "Everton"ga qarshi bahsda 2 gol muallifiga aylandi. Bu gollari bilan u jamoasining yirik 5:0 hisobidagi g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi.
Shuningdek, Keyn bu natijadan so‘ng APLdagi gollari sonini 176 taga etkazib oldi. Shu orqali u gollari soni bo‘yicha Terri Anridan o‘zib ketdi. Anri hisobida 175 gol mavjud edi.
Umumiy ro‘yxatda angliyalik hujumchi 6-pog‘onaga chiqib oldi. Undan oldindagi Frenk Lempard 177 gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
1-o‘rinda afsonaviy Alan Shirer ketmoqda. U APLda jami 260 gol muallifiga aylangan.
Fikrlar