Hasanboy Doʻsmatov Dubayda boks akademiyasini ishga tushirdi

  • 20.09.2026 23:43
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Hamyurtimiz, Olimpiya chempioni Xasanboy Doʻsmatov Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida oʻzining boks akademiyasini ochdi.

Akademiyaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida u yerda fitness mutaxassislari uchun "UAE CPD" sertifikatlash dasturlari, texnik boks mahoratini oshirish boʻyicha mashgʻulotlar hamda xalqaro standartlar asosidagi murabbiylik tizimi yoʻlga qoʻyilgani qayd etilgan.

Maʼlumot uchun, Xasanboy Doʻsmatov 2016 yildgi Rio-de-Janeyro va 2024 yildgi Parij Olimpiya oʻyinlari chempioni hisoblanadi. Shuningdek, u jahon va Osiyo chempionatlarida ham bir necha bor shohsupaga koʻtarilgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!