Xavaskor bokschilarimiz Kubada ushbu yurt professional bokschilari esa O‘zbekistonda!
Ayni kunlarda O‘zbekiston professional boks federatsiyasi tomonidan profi ringda o‘z faoliyatini yuritayotgan bir qator hamyurtlarimiz uchun o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari tashkil etildi. Ahamiyatlisi mazkur yig‘inda Kuba va Rossiyadan tashrif buyurgan charmqo‘lqop ustalari ham ishtirok etmoqda.
_7.png?1573833414531)
Xabaringiz bor, havaskor bokschilarimiz hozirda Kubada ushbu yurt vakillari bilan qo‘shma yig‘inlar o‘tkazayotgan bo‘lsa, kubalik professional bokschilar tajriba olish maqsadida yurtimizga tashrif buyurgan.

Mazkur tashabbus O‘zbekiston professional boks federatsiyasi prezidenti Isroil Yunusov hamda vitse-prezident Abdullox Sagdievlar tomonidan ilgari surildi hamda bu o‘z amaliy ifodasini topdi. Ushbu o‘zaro hamkorlik “REAL HOUS” kompaniyasi tomonidan moliyalashtirilmoqda.
Tashrif buyurgan mexmon bokschilar orasida rossiyalik Konstantin Ponamaryov yoshlar o‘rtasida WBC yo‘nalishida jahon chempioni hamda IBF bo‘yicha Lotin Amerika chempioni hisoblanadi.

Kubalik Leonardo Peres esa, profi ringda olti marotaba ringga ko‘tarilib, barcha raqiblarini nokautga uchratgan. Mashg‘ulotlar tajribali murabbiy Nabijon Ismonov boshchiligida Zufar Sulaymonov, hamda Asxat Abdurashidovlar tomonidan “Akhmat Sross Fight” zalida olib borilmoqda.

Fikrlar