
Xaver Tebas: "Biz "Barsa"ni yozda transferlar amalga oshirishiga yo‘l qo‘ymaymiz"
La Liga prezidenti Xaver Tebas "Barsa" haqida gapirib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Kataloniya klubida yozda futbolchilar sotib olish imkoni yo‘q.
"Biz qishda "Barselona"ni transfer qilishiga yo‘l qo‘ymadik. Bu narsa yozda ham ro‘y beradi. bu jamoa La Liga uchun muhim. Ammo bu bizning chempionatni yomon holatga solib qo‘yishi mumkin", - dedi ispaniyalik mutaxassis.
Mish-mishlarga ko‘ra, "Barsa" yozgi transferlar oynasida tarkibni kuchaytirishni rejalashtirgan. Ular "Borussiya M"dan N'Dika, "Atletiko"dan Karrasko va yana bir qancha transfelarni amalga oshirmoqchi.
Fikrlar