Xavi 4:3 hisobi haqida: "Bunday holat faqatgina kubok o‘yinida sodir bo‘lishi mumkin"

  • 5 yanvar, 2023, 06:22
  • 0
  • Futbol

"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ispaniya kubogi 1/16 final bosqichidan o‘rin olgan "Intersiti" klubiga qarshi bahsdan keyin matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Bunday holat faqatgina kubok o‘yinida sodir bo‘lishi mumkin. La Liganing etti jamoasi allaqachon turnir bilan xayrlashgan. Barchasini o‘zimiz uchun qiyinlashtirib yubordik. Raqibdan ancha kuchliroq edik, lekin keraksiz vaziyatlarda xato qilib, ko‘p gol o‘tkazib yubordik. Natijada, ustunlik qo‘limizdan chiqib ketdi.

"Espanol"ga qarshi uchrashuvda ham xuddi shunday bo‘lgandi: hujumlarimizga yakuniy nuqtani qo‘yishda oqsagandik. Bugun ikkinchi bor ogohlantirish oldik. Xayriyat, keyingi bosqichdamiz.

Arauxoning safga qaytgani meni xursand qilmoqda. Biz uning 45 daqiqa o‘ynashini rejalashtirgandik, lekin u o‘zini yaxshi his qildi. Ronald bizning asosiy futbolchilarimizdan biri, haqiqiy jangchi va etakchi. Undan juda mamnunman",-dedi ispaniyalik mutaxassis.

Kataloniyaliklar ushbu bosqichda 3-liga klubini qo‘shimcha bo‘limlarda, 4:3 hisobida mag‘lub etdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!