Xavi "Barsa" rahbariyatining bu qaroriga keskin e’tiroz bildirdi

  • 17 yanvar, 2023, 11:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Niderlandiyalik vinger Memfis Depay qishki transfer oynasida “Barselona”ni tark etishi mumkin.

Mish-mishlarga qaraganda, 28 yoshli futbolchi "Inter"ga transfer qilinishi, o‘z navbatida Milandan Xoakin Korrea “Barsa”ga kelishi mumkin. Ammo ataloniyaliklar bosh murabbiyi Xavi Ernandes bunday almashinuvga keskin qarshi chiqmoqda. Bu haqda jurnalist Xavi Migel o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qildi.

Xavi avvalroq qishki transferlar oynasi oxirida hech bir futbolchining "Barselona"ni tark etishini istamasligini aytgandi.

Memfis Depay joriy mavsum "Barselona" tarkibida 1 ta o‘yin o‘tkazdi va 1 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!