Xavi “Barsa”ga ikkita zo‘r futbolchini olib kelmoqchi

  • 21 sentabr, 2022, 17:42
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xavi “Barselona” tarkibini o‘ziga moslashtirishni davom ettirmoqda. Kataloniyaliklar tajribali tayanch yarim himoyachisi Serxio Buskets o‘rniga bosh murabbiy talabiga javob beradigan yangi ijrochilarni qidirmoqda.

Tecno

Klub tarbiyalanuvchisi hisoblangan Serxio Buskets 2008 yildan beri “Barselona”ning asosiy tarkibida to‘p tepmoqda va mavsum oxirida shartnomasi yakunlanganidan keyin jamoadan ketishi kutilyapti.

 Marca nashrining xabar berishicha, Xavi uning o‘rniga ikkita futbolchini ko‘zlayapti. Ular “Real Sosedad” yarim himoyachisi Martin Subimendi va “Vulverxempton” yulduzi Ruben Nevesh.

Martinning shartnomasida badal summasi 60 million evro qilib belgilangan. “Vulverxempton” portugaliyalik legionerining bitimida hech qanday narxni ko‘rsatmagan va bu masala xaridorlar bilan muzokara vaqtida ko‘rib chiqiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!