Xavi "Barsa"ning muvaffaqiyatsizliklariga sabab bo‘layotgan jihatni aytdi

Xavining fikricha, "Barselona" o‘z raqiblariga juda ko‘p imkoniyat bermoqda. 

Kecha klub La Liga doirasida "Granada" bilan 3:3 hisobidagi durangga imzo chekdi. 

"Bizda hisobni 2:0 qilishimiz mumkin bo‘lgan lahzalar bo‘ldi. Ushbu imkoniyatdan foydalanganimizda hammasi boshqacha bo‘lar edi. Keyin esa ko‘p xatolarga yo‘l qo‘ydik. 

Juda ko‘p xatolar qilyapmiz. Ushbu jihat joriy mavsum muvaffaqiyatsizliklarimizga sabab bo‘lyapti. "Vilyarreal" bilan ham shunday bo‘ldi. Hammasi o‘z qo‘limizda bo‘lgan paytda juda ko‘p xatolar qilyapmiz", - dedi Xavi "DAZN" nashriga. 


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Mahmud Ttww
12/02/2024 20:14
Ҳимоя чизиғи пала партиш ўйнамоқда, ўрта бўш ҳаракат қилмоқда.