Xavi “Barselona” hali yangi futbolchi sotib olishni inkor etmadi

  • 14 avgust, 2022, 16:49
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ernandesning aytishicha, "ko‘k-anorranglilar" hali tarkibni yangilash jarayonini to‘xtatgani yo‘q.

Moliyaviy muammolarga qaramay, "Barselona" transfer bozorini tark etmayapti. Balki avgust oyi oxirigacha “Kamp Nou” egalari safida yana yangi futbolchilarni ko‘rishimiz mumkin.

“Tarkibni kuchaytirish masalasi? Tarkibni kuchaytirish ustida ishlashda davom etishimiz kerakligini oldin ham aytgandim. Rejalarimizni amalga oshirish uchun hali 31 avgustgacha vaqtimiz bor”, - deya Xavining so‘zlarini keltiradi jurnalist Jerar Romero.

Ma’lumot o‘rnida, “Barselona” bu yil Andreas Kristensen, Frenk Kessi, Rafinya Dias, Robert Levandovski, Jyul Kunde kabi futbolchilarni o‘z safiga qo‘shib oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!