
Xavi "Barselona" oldiga 3 ta shart qo‘ydi
"Barselona" bosh murabbiyi bo‘lishi kutilayotgan Xavi klub oldiga bir qator shartlarni qo‘ydi. Bu haqda "Diario Sport" nashri xabar bermoqda.
Avvalo, mutaxassis "ko‘k-anorranglilar" tibbiyot shtabini boshidan qurmoqchi. U "Barsa"da 25 yil faoliyat ko‘rsatib, 2020 yilda iste’foga chiqqan Rikard Prunani yana ortga qaytarish niyatida.
Ikkinchidan, Xavi "Al-Sadd"dagi ettita yordamchisining barchasini yangi ish joyida ko‘rishni xohlaydi. Shuningdek, u rahbariyatga sof vinger bilan shartnoma imzolash kerakligini aytdi. "Manchester Siti" a’zosi Sterling - yaxshi variant, ammo boshqa nomzodlar ham ko‘rib chiqilmoqda.
Fikrlar