Xavi "Barselona"ni qachon boshqarishini aniq aytdi

  • 29 iyun, 2020, 10:26
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniyalik futbol afsonasi Xavi "Barselona"ga murabbiy sifatida qaytishga tayyor ekanini aytdi.

Aytish kerakki, Xavi ayni damda Qatarning "Al-Sadd" klubini boshqarmoqda.

“Barselona”ni boshqarish – mening orzuim. Klubni yana g‘oliblik yo‘liga qaytarishni xohlayman. Men o‘zimning murabbiylar shtabim bilan bunga tayyorlanyapmiz. Men bu loyihani noldan boshlamoqchiman.

Klubga prezidentlik saylovlaridan so‘ng qaytish eng zo‘r payt bo‘lgan bo‘lardi. Men hech narsani istisno qilmayman. Yanvarda menga “Barselona”dan qo‘ng‘iroq qilishdi, ammo bu to‘g‘ri payt emasdi. Ular menga yana qo‘ng‘iroq qilishlariga umid qilaman”, - deydi Xavi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!