Xavi: "Biz bugun g‘alaba qozonishga 100 foiz haqli edik"
"Barselona"ning "el-klasiko"dagi g‘alabasidan keyin klub bosh murabbiyi Xavi o‘yin haqida gapirib o‘tdi.
"Biz bugun g‘alabaga 100% haqli edik. Ajoyib jamoani mag‘lub qilganimdan mamnunman. Bizda ko‘proq imkoniyatlar bo‘ldi. Shuningdek, to‘p nazoratida ustunlik qila oldik. Ular bosimdan chiqib keta olishdi va muammolar tug‘dirdi. Ammo biz "Real"dan kuchliroq edik", - dedi ispaniyalik mutaxassis.
Xavi 2011 yildan beri birinchi marta madridliklar ustidan bir yil mobaynida 3 marta zafar quchgan murabbiyga aylandi. So‘nggi bor bu ishni Gvardiola amalga oshirgan.
Ma’lumot uchun, Pepning o‘zi ham "el-klasiko"ni tomosha qilish uchun "Spotify Camp Nou" stadioniga tashrif buyurdi.


Fikrlar