Xavi: Bu futbolchi menga kerak

  • 4 sentabr, 2022, 17:48
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yozgi transfer oynasining so‘nggi kunlarida Ferran Torres Angliyaga qaytishi mumkin edi. “El Nacional” nashri xabariga ko‘ra, "Arsenal" 22 yoshli hujumchi uchun taklif bilan chiqqan. "Barselona" rahbarlari taklifni qabul qilishdi, biroq futbolchi bilan shartnoma imzolaganiga yaqinda bo‘lmagani uchun yakuniy qaror Xaviga berildi. “Ko‘k-anorranglilar” ustozi futbolchini qo‘yib yuborishdan bosh tortdi.

Ferran Torres "Barselona"ning Ispaniya chempionatidagi so‘nggi uchta o‘yinida qatnashib, jami 99 daqiqani maydonda o‘tkazdi. Biroq futbolchi samarali harakatlari bilan ajralib turgani yo‘q.

"Barselona"ning navbatdagi o‘yini 7 sentyabr, chorshanba kuni bo‘lib o‘tadi. Xavi jamoasi Chempionlar ligasi guruh bosqichining birinchi turida Pilzenning “Viktoriya” jamoasini qabul qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!