
Xavi bu o‘yinchini yo‘qotishni istamagan edi
“Barselona” bosh murabbiyi Xavi Ernandes o‘tgan yili yozda jamoadan ketib qolgan Erik Garsiya haqida gapirdi.
Mahoratli himoyachi “Barselona”ni tark etganidan keyin “Jirona” safiga qo‘shilgan va bu jamoaning yuqori o‘rinlar uchun kurashishiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.
- Erik Garsiya “Barselona”ning bir bo‘lagi bo‘lishga qodir o‘yinchi va men buni doim ta’kidlab kelganman. U menga bog‘liq bo‘lmagan vaziyatlarga ko‘ra “Jirona” futbolchisiga aylandi, - dedi Xavi Ernandes.
Erik Garsiya “Barsa” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Shuningdek, “Manchester Siti”da ham faoliyat yuritgan. Hozir uning transfer huquqi “Barselona”ga tegishli.
Kelasi mavsum o‘z tarixida ilk bor Evropa Chempionlar ligasida qatnashadigan “Jirona” himoyachini o‘z safida saqlab qolmoqchi.
Fikrlar