
Xavi bu yulduzning “Barsa”ga kelishiga qarshi
“Barselona” bosh murabbiyi Xavi Ernandes “Yuventus”dan ketishga hozirlik ko‘rayotgan Paulo Dibalaning Kataloniyaga olib kelishiniga qarshilik qilmoqda.
La Gazetta dello Sport nashrining xabar berishicha, ispaniyalik mutaxassis argentinalik hujumchini narxi sun’iy tarzda oshirilgan o‘yinchilar qatoriga qo‘shdi.
Bundan tashqari, Xavi 28 yoshli futbolchining mahoratiga shubha bilan qaramoqda va uni erkin agent sifatida klubga tekinga olinishiga ham qarshiligini bildirdi.
2015 yildan beri “Yuventus” sharafini himoya qilayotgan futbolchi joriy mavsumda barcha turnirlarda 29 ta uchrashuvda 13 ta gol va oltita assist muallifi bo‘ldi.
Fikrlar