Xavi ikki yulduzga chiqish eshiklarini ko‘rsatib qo‘yadi

  • 22 iyul, 2022, 21:26
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” bosh murabbiyi Xavi Ernandes AQSh safari oldidan klub rahbariyati bilan Niderlandiya terma jamoasi a’zolari – Frenki de Yong va Memfis Depay kelajagi bo‘yicha gaplashgani oshkor bo‘ldi.

Klub mutasaddilari yozgi transferlar mavsumi yakunlangunga qadar bu ikki o‘yinchini sotib yuborish hal qilingan masala ekanini uqtirgan.

Endi Xavi Kataloniyadan ketishni istamayotgan bu ikki yulduzni boshqa jamoaga o‘tishga ko‘ndirishi kerak bo‘ladi.

“Barselona” Frenki de Yong bo‘yicha “Manchester Yunayted” va “Chelsi”dan aniq taklif olgan. Memfis Depay bo‘yicha pul tikishga tayyor xaridor hali kataloniyaliklarga murojaat qilgani yo‘q.

Klub bu ikki transferdan 100 million evro atrofida mablag‘ ishlab olishni mo‘ljallamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!