
Xavi jamosida ko‘rishni xohlagan futbolchi "Barselona"ga kelmaydigan bo‘ldi
"Vulverxempton" hujumchisi Gonsalo Gedesh "Benfika"ga o‘tdi.
Lissabon klubi "bo‘rilar" bilan "Barselona" qiziqish bildirayotgan 26 yoshli futbolchini ijaraga olish bo‘yicha kelishib oldi. Insayder Matteo Morettoning so‘zlariga ko‘ra, futbolchi allaqachon Portugaliyaga yo‘l olgan. Shartnoma shu yilning iyun oyigacha amal qiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ispan OAVlari "Barselona" ustozi Xavi Ernandesning "Atletiko Madrid"ga o‘tishga qaror qilgan Memfis Depay o‘rniga Gedeshni qo‘lga kiritish niyati haqida xabar bergan edi.
Ma’lumot uchun, portugaliyalik futbolchi Premer-liganing joriy mavsumida 13 o‘yinida maydonga tushib, bitta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikrlar