Xavi "Manchester Yunayted" bilan o‘yin oldidan nimalar dedi?

  • 23.02.2023 17:55
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Xavi "Manchester Yunayted"ga qarshi o‘yini oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Bizni juda qiyin o‘yin kutib turibdi. Hozir "Manchester Yunayted" Evropaning eng yaxshi jamoalaridan biri. Ular buni har bir o‘yinda isbotlab kelmoqda. Erik ten Xag ajoyib ishlamoqda.

Bugun qiyin bo‘ladi, lekin bizda keyingi bosqichga chiqa oladigan jamoa bor", - dedi kataloniyaliklar murabbiyi.

"Kamp Nou"da bo‘lib o‘tgan birinchi o‘yinda jamoalar 2:2 hisobidagi durangga imzo chekkandi. Eslatib o‘tamiz, "Old Trafford"a bo‘lib o‘tadigan mazkur bahs Toshkent vaqti bilan 01:00 da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!