Xavi Messi va Gvardioladan ortda qolishni xohlamadi

  • 04.04.2020 16:02
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Hozirda Qatarning “Al-Sadd” klubini boshqarayotgan “Barselona” afsonasi Xavi va uning xotini Nuriya Kunillera Barselonadagi kasalxonaga bir million evro xayriya qildi.

Muassasa matbuot xizmatining xabar berishicha, Xavi va uning ayoli qilgan xayriya mablag‘lari koronavirusga qarshi kurash uchun sarflanadi.

Bundan avvalroq “Barselona” hujumchisi Lionel Messi va “Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola ham Barselonada koronavirusga qarshi kurashish uchun million evrodan xayriya qilishgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!