Xavi: "Oltinga teng 3 ochkoni qo‘lga kiritdik"
Ispaniya La Ligasi 16-turidan o‘rin olgan "Atletiko" - "Barselona" uchrashuvida mehmonlar 1:0 hisobida zafar quchdi. O‘yindan keyin kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xavi quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.
"Oltinga teng 3 ochkoni qo‘lga kiritdi. Raqibning bosimiga sabr qilib, yaxshi himoyalandik. Bugun u qadar yaxshi o‘ynamadik, ammo yakunda g‘alabani tantana qilyapmiz. Bu shunday sport turi.
Menimcha, bu shunchaki g‘alabalardan biri emas, chunki mazkur 3 ochko shogirdlarimga katta ishonch bag‘ishlaydi. Biz qiyinchiliklarni boshdan o‘tkazdik. Biroq bir oila bo‘lganimiz tufayli, ularni engish qiyin kechmadi.
Bu gal ham "Espanol" yoki "Intersiti" bilan bo‘lgani kabi yaxshi o‘ynay olmadik, ammo La Liga chempionligini qo‘lga kiritish uchun barcha narsaga tayyormiz",-dedi ispaniyalik mutaxassis.
Ma’lumot uchun, "ko‘k-anorranglilar" 41 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Fikrlar