Xavi raqib hujumchisini ko‘zladi

  • 4 aprel, 2022, 15:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” bosh murabbiyi Xavi “Atletiko”ning hujumkor futbolchisi Joau Feliksni o‘z shogirdlari orasida ko‘rishni istayapti.

Tecno

Madridliklar portugaliyalik o‘yinchini qo‘yib yubormasligini aytgan bo‘lsa-da, kataloniyaliklar uni olinadigan futbolchilar ro‘yxatiga kiritdi.

Aslida “Barselona” hujum chizig‘iga Erling Xoland, Robert Levandovski va Muhammad Saloh kabi yulduzlarni olib kelmoqchi. Biroq, bu transferlarning amalga oshish ehtimoli kam. Shu bois, Feliks zaxira varianti sifatida transfer qilinishi mumkin.

Kataloniyaliklar Feliksni olishda “Atletiko”ning 40 million evro qarzidan foydalanmoqchi. Diego Simeone jamoasi Antuan Grizmanni ortga qaytarganda shu summani to‘lay olmagan.

Aynan mana shu qarzdorlik omili Feliksning transferida hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!