Xavi: "Real"dan ancha o‘zib ketdik"

  • 21.03.2022 04:08
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona" jamoasi bosh murabbiyi Xavi "Real" ustidan qozonilgan yirik g‘alaba (4:0) borasida fikr bildirdi. 

"Barsa" muxlislari uchun baxtli kun. Biz ko‘proq gol urishimiz mumkin edi. 

O‘z stadionida "Real"dan  bu qadar ustun bo‘lishimizni kutmagandik. Ular bir hafta dam olgandi, biz esa juma kuni Turkiyadan uchib keldik. 

Fantastik uchrashuv o‘tkazdik va men bundan mamnunman. O‘yin va natija borasida "Real"dan ancha o‘zib ketdik. 

Sovrinlar haqida o‘ylamasdan ishlashda davom etishimiz kerak. Biz juda kamtarlik bilan davom etishimiz lozim", - dedi Kataloniya klubi ustozi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!