Xavi "Real"dan uchralgan mag‘lubiyatga izoh berdi

  • 17 oktabr, 2022, 00:52
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Barselona" bosh murabbiyi Xavi "Real"ga qarshi o‘yin (1:3) haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

- Hammasi biz xohlagandek bo‘layotgani ba’zida salbiy oqibatlarga olib keladi. Biz oxirigacha kurashdik, ammo bu futbol. 

- Chorshanba kuni omadimiz kelmadi. Bugun esa mag‘lubiyatga uchradik. Biroq bu shunchaki yo‘qotilgan uch ochko. Turnir jadvalida yuqorilash imkoniyatimiz bor edi. Ammo biz hech narsasiz qaytyapmiz. 

- Real" tez-tez jarima maydonchamizga kirib bordi va ular yaxshi himoyalandi. Go‘yo, hamma narsa bizning zararimizga ishlayotgandek. 

- Hech narsa deya olmayman. Ochig‘i, gapirish juda noqulay. Raqib o‘yinni juda intensiv boshladi. Fati hisobni 2:2 ko‘rinishiga keltirishi mumkin edi. Ushbu epizoddan so‘ng ular tezda penalti tepish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Biz shunchaki omadsizmiz. 

- Jamoa qurish ishlari davom etmoqda. Shunday bo‘lsa-da, raqobatbardoshlikni oshirishimiz kerak.  

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!