Xavi uchun bu birinchisi!
Kataloniyaning "Barselona" jamoasi 19 ta o‘yindan buyon yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kirita olmayotgandi. Kecha "ko‘k-anorranglilar" ushbu "qora an’ana"ga chek qo‘ydi.
Bundan tashqari 42 yoshli mutaxassis Xavi "Barsa" bosh murabbiyi sifatida ilk yirik g‘alabani tantana qildi.
Qayd etish lozim, ispaniyalik murabbiy noyabr oyida "Barsa"ni qabul qilib olgan. 3 oy vaqt mobaynida jamoa 3 va undan ortiq gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Biroq urilgan va o‘tkazib yuborilgan gollar o‘rtasidagi farq hech qachon 3 tani tashkil etmagandi.
Eslatib o‘tamiz, kataloniyaliklar La Liga doirasidagi 9 ta o‘yindan buyon mag‘lub bo‘lmayapti: 5 ta g‘alaba va 4 mag‘lubiyat.

Fikrlar