
Xavi Yamal hojatxonadan qaytgunicha uni almashtirib yuborgani sababini aytdi
“Barselona” bosh murabbiyi Xavi Ernandes Evropa Chempionlar ligasi doirasida Portugaliyada “Portgu” qarshi o‘tkazilgan uchrashuvning 71-daqiqasida hojatxonaga ketgan Lamin Yamalning qaytishi kutmasdan almashtirib yuborgani sababini aytdi.
- Lamin o‘zini yomon his qildi, uning qorni og‘rib qoldi. U uzoq qolib ketdi va biz o‘n kishi bo‘lib qiynalib qoldik. Bu uchrashuvda hamma narsa sodir bo‘ldi, jarohatlar, Yamalning ahvoli va hokazo. Keyingi o‘yinimiz yakshanba kuni va ungacha tiklanib olishga umid qilamiz, - dedi Xavi Ernandes.
Uchrashuvda “Barselona” 1:0 hisobida zafar quchdi. Kataloniyaliklarga g‘alaba keltirgan golni Ferran Torres kiritdi.
Ikki tur yakuniga ko‘ra, “N” guruhida olti ochko to‘plagan “Barselona” birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Fikrlar