Xavi Yamalning eng katta kamchiligini aytdi
“Barselona” futbol olamiga yangi iqtidor – Lamin Yamalni kashf qilib berdi.
16 yoshli futbolchiga katta maydonda o‘ynash imkonini bergan bosh murabbiy Xavi Ernandes shogirdning kamchiligini ham aytib o‘tdi.
- Yamal – zo‘r futbolchi. Lekin u hali taktik jihatdan mukammal o‘yinchi darajasiga etgani yo‘q. Chunki hali ancha yosh. Shunday bo‘lsa-da, bu yil katta o‘sishga erishdi, - dedi Xavi Ernandes.
Lamin Yamalning klub bilan amaldagi kelishuvi 2026 yilning yarimigacha davom etadi.
Evropaning grand klublari vunderkind uchun 200 million evroga pul sarflashga tayyor ekani aytilmoqda.

Fikrlar