Xavi yozda qila olmagan ishini qishda amalga oshirmoqchi!

  • 4 oktabr, 2023, 19:30
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Huquqlari “Tottenxem” klubiga tegishli bo‘lgan yarim himoyachi Jovani Lo Chelso faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin.

Tecno

"Todofichajes" nashrining yozishicha, argentinalik futbolchi "Barselona"ning manfaatlari doirasiga tushib qolgan. "Ko‘k-anorranglilar" janubiy amerikalik futbolchini yanvardagi transfer oynasida qo‘lga kiritishga harakat qiladi. Xavi uni jamoasida ko‘rmoqchi. Transfer qiymati 15 million evroga baholanmoqda.

Angliya premer-ligasining joriy mavsumida Lo Chelso bor yo‘g‘i bitta o‘yinda ishtirok etdi. 27 yoshli yarim himoyachi 2020 yildan buyon London jamoasida to‘p surmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi mehnat shartnomasi 2025 yil iyun oyi oxirigacha amal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!