Xavini hayratga solgan futbolchi kim?

  • 30 sentabr, 2023, 21:43
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Barselona” bosh murabbiyi Xavi Ernandes yarim himoyachi Fermin Lopesning o‘yinidan hayratga tushganini yashirmadi.

20 yoshli futbolchi yaqinda “Malkorka” darvozasiga debyut golini urgan edi. “Sevilya”ga qarshi o‘yinda iste’dodli o‘yinchi 37-daqiqada jarog‘at olgan Rafinya o‘rnini egallab, juda yaxshi o‘yin ko‘rsatdi.

- Fermin o‘yinga juda zo‘r qo‘shildi. Yuqori saviyada o‘ynash uchun mahorati etarli ekan.  U uzoq yillar davomida “Barselona” sharafini himoya qilishga loyiq. Buning uchun uning o‘zida ishonch bo‘lishi kerak. Biz akademiyamiz tarbiyalanuvchilariga imkon berishimiz lozim.

Fermin to‘pni o‘zida mahorat bilan ushlab turadi, to‘pni yo‘qotmaydi, uzoqdan kuchli va aniq zarba bera oladi. “Barselona”da o‘ynash uchun talab etiladigan sifatlarning barchasini o‘zlashtirgan, - dedi Xavi Ernandes.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!