Xavining "Barselona" "Real"ni mag‘lub eta olishiga ishonchi komil

  • 10 oktabr, 2022, 11:40
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ispaniya chempionatining 8-turidan o‘rin olgan "Selta"ga (1:0) qarshi o‘yindan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

"Birinchi bo‘limda biz yaxshi o‘ynadik, ammo ikkinchi bo‘limda jamoada pasayish bo‘ldi. Psixologik jihatdan biz yomon harakat qildik. Raqib so‘nggi 10 daqiqada bizning erkin o‘ynashimizga yo‘l qo‘ymadi. Ammo nima bo‘lganda ham biz 3 ochkoga ega chiqdik. "Real Madrid"ga qarshi o‘yin? "El-klasiko"da natijani oldindan bashorat qilib bo‘lmaydi, o‘tgan yili birinchi o‘yinda mag‘lub bo‘lganmiz, ikkinchi davrada esa 4:0 hisobida g‘alaba qozondik. Biz bu o‘yinda ham "Real"ni mag‘lub etamoqchimiz va o‘z muxlislarimizni xursand qilamiz", - dedi Xavi.

"Barselona" 22 ochko bilan La Liga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Kataloniyaliklar to‘plar farqiga ko‘ra xuddi shuncha ochko to‘plagan "Real"ni ortda qoldirmoqda. "Selta" esa 10 ochko bilan 11-o‘rinda bormoqda.

"Barselona"ning navbatdagi o‘yini 16 oktyabr kuni "Real"ga qarshi o‘tkazadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!