
Xavining o‘rniga kim kelishi ma’lum
"Barselona" prezidenti Joan Laporta jamoaga Yurgen Kloppni bosh murabbiy bo‘lishini istamoqda. Bu haqda "Sport" nashri xabar bermoqda.
Manbaning qayd etishicha, germaniyalik mutaxassis “Barselona” rahbariyati bilan ikki yil avval muzokara olib borgan, biroq keyinchalik tomonlar kelisha olmagan.
Avvalroq Yurgen "Liverpul"dan ketganidan keyin bir yil tanaffusga chiqishini aytgandi. Biroq, Laporta va "ko‘k-anorranglilar" sport direktori Deko Kloppni tezroq murabbiylik postiga kelishiga harakat qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Klopp boshchiligidagi mersisaydliklar ayni damda Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
Fikrlar