Xayme Mungiya doping-testdan o‘ta olmaganiga qaramay, jazolanmadi
Amerikaning ESPN nashri muxbiri Salvador Rodrigesning xabar berishicha, Britaniya boksni nazorat qilish kengashi hamda mamlakat antidoping agentligi WBO yo‘nalishi bo‘yicha sobiq jahon chempioni Xayme Mungiyaning ekzogen testosteron uchun topshirgan doping testi musbat chiqqaniga qaramay, bokschiga hech qanday sanktsiya qo‘llamaydi.
Shu bilan birga, Mungiyaning Bruno Suaresga qarshi jangdagi yakdil qaror bilan qozongan g‘alabasi bekor qilinmaydi va undan raqib bilan revansh o‘tkazish ham talab etilmaydi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Xayme Mungiya noyabr yoki dekabr oylarida ringga qaytishi kutilmoqda.

Fikrlar