Xayr, Beyl!

  • 17 may, 2022, 18:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” hujumchisi Garet Beylning agentni Jonatan Barnett mavsum yakunlanishi bilan mijozi Madridni tark etishini ma’lum qildi.

Tecno

- Garet “Real”ni tark etishi aniq. Faoliyatini qaerda davom ettirishini aniqlab olish uchun Uels terma jamoasining yil oxirida Qatarda bo‘ladigan jahon chempionatiga chiqishini kutishimiz kerak. Hammasi saralash o‘yinlarining natijasiga bog‘liq bo‘ladi, - dedi Jonatan Barnett.

Agentning ta’kidlashicha, uelslik futbolchi Angliya premer-ligasiga ham qaytib borishga tayyor. Beyl 2013 yildan beri “Real” sharafini himoya qilmoqda. Madridliklar hujumkor futbolchi uchun “Tottenxem”ga 100 million evro to‘lagan. Hozir kerakmas o‘yinchiga aylangan Garet mavsum davomida atigi etti bor maydonga tushib,  bitta gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!