Xayr, Ronaldu!

  • 4 iyun, 2021, 09:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Yuventus” rahbariyati bosh murabbiylikka Massimiliano Allegri kelganidan keyin jamoa to‘purari Krishtianu Ronalduni sotadigan bo‘ldi. Yangi bosh murabbiy avvalgidek, shogirdlari orasida portugaliyalik yulduzning bo‘lishini xohlamaydi.

Ayni paytda Ronalduga PSJ jiddiy qiziqish bildirmoqda. Chunki parijliklar katta ehtimol bilan Kilian Mbappeni yozda sotib yuborishga majbur bo‘ladi. Shu bois, PSJ mutasaddilari Turin klubi vakillari bilan muzokaralarni boshlab yubordi.

Ma’lumotlarga qaraganda, “Yuventus” xo‘jayinlari  Krishtianu Ronalduni 25-30 million evroga qo‘yib yuborishga tayyor. Portugaliyalik hujumchining turinliklar bilan shartnomasi yana bir yilga mo‘ljallangan. Agar transfer amalga oshsa, “Yuventus” 30 million evro miqdoridagi maosh pulini ham tejab qoladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!