Xayrulla Bozorov "Turon" klubi bilan yaqindan tanishdi (foto)

  • 20 oktabr, 2020, 18:36
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Farg‘ona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov o‘z oldiga yuqori maqsadlarni qo‘yib kelayotgan "Turon" klubiga tashrif buyurdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tecno

photo_2020-10-20_18-14-34

Tashrif chog‘ida viloyat rahbari klubdagi shart-sharoitlar, futbol akademiyasi tashkillanishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda yaratilayotgan qulayliklar bilan tanishdi. Shuningdek, klubning kelajakdagi rejalari mutasaddilar ishtirokida o‘rganib chiqildi.

photo_2020-10-20_18-14-38

Shundan so‘ng, viloyat hokimi “Turon” klubi a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazdi va futbolchilar bilan yaqindan tanishdi. Xayrulla Bozorov Pro liganing navbatdagi uchrashuvlari oldidan klubga omad tilab, endilikda "Turon”ga yaqindan ishqibozlik qilishini ta’kidladi.

So‘ngra viloyat hokimiga esdalik uchun klubning 12-raqamli libosi topshirildi.

photo_2020-10-20_18-33-06

Shuni aytish joizki, Xayrulla Bozorov futbolning ashaddiy muxlisi hisoblanadi. Viloyat rahbari O‘zbekiston tumaniga tashrifi chog‘ida bundan buyon "Turon" klubi muntazam har tomonlama qo‘llab-quvvatlanishi xususida aytib o‘tdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Расулжон Тоштемиров
20/10/2020 23:19
Олга Турон балли Ислом