Xayrulla Hamidov: Bugun andijonliklarga qo‘shilib "Nasaf", "Navbahor" va "Neftchi" muxlislari ham "Andijon"ga ishqibozchilik qilishadi, "Paxtakor" qoqilsin deya…

  • 8 oktabr, 2023, 12:35
  • Bekzod Isayev
  • 6
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Andijonda Superligada 21-turdan o‘rin olgan "Andijon" - "Paxtakor" uchrashuvi o‘tkaziladi. Bu bahs ahamiyatga molik sanaladi. Chunki mezbonlar toshkentliklardan ochko olsa yoki g‘alaba qozonsa, chempionatda intriga yanada qizib ketadi. Aksi bo‘lsa, "sherlar" chempionlik sari yana bir qadam tashlagan bo‘ladi.

Tecno

Ushbu muhim bellashuvni Xayrulla Hamidov sharhlab boradi. O‘yin oldidan sharhlovchi telegramdagi sahifasida o‘z fikrlarini bildirdi.

"Andijon" lider jamoalarga bu mavsum haqiqiy bosh og‘riq klub bo‘layotganini bilasiz. Vodiy muxlislari ham jamoasi o‘yinlaridan mamnun.

Bugungi raqib chempionlikka yaqin "Paxtakor"... Bugun andijonliklarga qo‘shilib "Nasaf", "Navbahor" va "Neftchi" muxlislari ham "Andijon"ga ishqibozchilik qilishadi, "Paxtakor" qoqilsin deya…

Oxirga vaqtlar ishlari yurishmayotgan "Paxtakor"ning ta’qibchilar bilan oradagi farqi ham tobora qisqarib bormoqda, kamiga OChLdagi ketma-ket omadsizliklari yanada bosim yuklayapti. Ushbu bosimdan chiqib olish uchun ham bugun "Andijon"ni mag‘lub etishga urinadi.

Ko‘ramiz "Andijon" qarshilik, farg‘onalik va namanganlik muxlislarini xursand qiladimi yoki "Paxtakor"ning yana bir chempionligi uchun katta qadamiga imkon beradimi?

O‘yin translyatsiyasi “AndijonTV”da jonli, “Sport” kanalida takroriy ketadi, - dedi Xayrulla Hamidov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Шоим Зарипов
08/10/2023 17:40
Худо хохласа бугун пахтаой шалвираб сувгатушган мушук каби Тошкентга равона булади иншооллох
&
ал хилол
08/10/2023 19:51
Калайсанлар энди мактанчоклар.Андижон офарин.5 бахо
&
Алим Ахмедов
08/10/2023 15:15
Сен ва Сенга ухшаганлар бор эка́н Пахтакор чемпион Сен Вовка футболга аралашма.Марузангни Уки г.....н
Жабборов Ахмаджон
08/10/2023 15:13
Ҳакам акалар соғ бўлса патакор қоқилмайди.
Xòja Botir
08/10/2023 13:16
Qoqilişimizni kutvotganlarni qoqamiz
&
Дувлан
08/10/2023 12:46
Пахтакорга омад ёр бўлсин.Йигитлар силадан галабани кутамиз,ўзийлани кўрсатишилага ишонамиз.