
Xedira APL klubiga ko‘chib o‘tishi mumkin
Turinning “Yuventus” klubi yarim himoyachisi Sami Xedira faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 32 yoshli germaniyalik futbolchi “Vulverxempton”ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi. Klub vakillari Angliyada turinliklar sport direktori Fabio Paratichi bilan uchrashishgan va ushbu transferni muhokama qilishgan.
Ta’kidlash kerakki, Adrien Rabo va Aaron Remzi kabi futbolchilar kelgach uning yangi mavsumda “Yuve”da asosiy tarkibga kirishi katta so‘roq ostida qolishi mumkin. Buni uning o‘zi ham yaxshi tushunib turibdi va shu bois jamoasini o‘zgartirishga qarshi emas.
Ma’lumot uchun, Xediraning “Yuventus” bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan. Unga shuningdek “Beshiktosh” va MLS klublaridan qiziqishlar bor.
Fikrlar