Xen Chon “Australian Open – 2018” yarim finalida
“Australian Open – 2018” turnirining erkaklar o‘rtasidagi bahslarda chorak final uchrashuvlari davom etmoqda.
Melburn shahri mezbonlik qilayotgan ushbu musobaqada Marin Chilich (Xorvatiya) va Rafael Nadal (Ispaniya) o‘zaro kuch sinadi. O‘yindagi hisob 3:6, 6:3, 6:7, 6:2, 2:0 bo‘lib turgan vaziyatda Rafael bahsni davom ettirishdan bosh tortdi.
Britaniyalik Kayl Edmund esa bolgariyalik Grigor Dimitrovni 6:4, 3:6, 6:3, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Janubiy Koreya sharafini himoya qilayotgan Xen Chon amerikalik raqibi Tennis Sandgrenni 6:4, 7:6, 6:3 hisobida engib, yarim finalga yo‘l oldi.
Birozdan so‘ng chexiyalik Tomash Berdix va Rojer Federer uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar