Xenderson "Al-Ittifoq" taklifini qabul qildi

  • 13 iyul, 2023, 18:33
  • 0
  • Futbol

"Liveprul" yarim himoyachisi Jordan Xenderso faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishga yaqin turibdi. U "Al-Ittifoq" taklifini qabul qilgani haqda Fabritsio Romano xabar berdi. 

Endilikda "Liverpul" va Saudiya klubi o‘zaro muzokaralar o‘tkazishi kerak bo‘ladi. Shundan so‘ng yarim himoyachi tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Dammamga yo‘l oladi. Mazkur transfer 10 million funtga amalga oshishi mumkin. Futbolchi esa yangi klubida haftasiga 700 ming funt maosh oladi. 

Ma’lumot uchun, ayni payt "Al-Ittifoq"ga murabbiylik qilayotgan Stiven Jerrard Xenderson bilan birgalida "Liverpul"da oz muddat to‘p tepgan. Aynan angliyalik afsonadan keyin jamoa sardorligi Jordanga qolgandi. 

Stiven yana bir nechta sobiq "Liverpul" a’zolarini o‘z klubida ko‘rishni istaydi. U Divok Origi va Sadio Manelar bilan birga ishlashi mumkin. Shuningdek, Per-Emerik Obameyang ham radarga tushgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!