Henderson Bellinghemni himoya qildi: "U haqida yozilayotganlarning ko‘pi haqiqat emas"
Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Jordan Henderson jamoadoshi Jud Bellingem manziliga aytilgan tanqidlarga munosabat bildirdi.
Tajriba futbolchining ta'kidlashicha, ommaviy axborot vositalarida yozilayotgan ko‘plab fikrlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi va Bellingem terma jamoa uchun beqiyos ahamiyatga ega.
"Uni olti yil avval terma jamoadagi debuti bilan tabriklaganimni yaxshi eslayman. O‘shandan beri uning ham futbolchi, ham inson sifatida qanchalik o‘sgani hayratlanarli.
Uning o‘yini va mashg‘ulotlarini birinchi marta ko‘rganimdayoq yaxshi taassurot olganman. Bu darajaga shunchalik yosh bo‘lib erishish juda katta natija.
Menimcha, hamma uning qanchalik yosh ekanini unutib qo‘yadi, hatto ba'zan men ham.
Rostini aytsam, uni qanchalik yuqori baholashimni so‘z bilan ifoda eta olmayman. Matbuotda turli gaplar yozilayotganini ko‘raman, ammo ularni o‘qish men uchun qiyin, chunki uning jamoaga qanchalik katta ta'sir ko‘rsatishini yaxshi bilaman.
U bizga o‘ziga xos narsa beradi. Bellingem haqiqiy "X-faktor". U muhim o‘yinlarda o‘zini ko‘rsata oladigan futbolchi. Katta turnirlarda ishtirok etish tajribasiga ega va Jahon chempionatida biz uchun juda muhim o‘yinchi hisoblanadi.
Jamoadagi istalgan futbolchidan so‘rang, u sizga Judning qanday ajoyib inson va hamkor ekanini aytadi. U yosh futbolchilarga ham yordam beradi.
Masalan, Rio Ngumoa, Josh King, Aleks Skott va Itan Nvaneri bilan qanday munosabatda bo‘lganini ko‘pchilik ko‘rmaydi.
Matbuotda yozilayotganlarning katta qismi haqiqat emas. Biz uning imkoniyatlarini yaxshi bilamiz. Jamoada hamma uni yaxshi ko‘radi va menimcha, eng muhimi ham shu", — dedi Henderson.

Fikrlar